Mahalliy

Yunusobod aholisining bir qismi gazsiz qoladi

Yunusobod aholisining bir qismi gazsiz qoladi

Poytaxtning Yunusobod tumanida 4 noyabr kuni aholining bir qismi va sanoat isteʼmolchilari uchun gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Cheklovlar yuqori bosimli gaz quvuridagi texnik ishlar bilan bogʻliq.

«Hududgaz Poytaxt» xabariga koʻra, mutaxassislar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetini gaz quvuriga qayta ulash ishlarini amalga oshiradi.

Gaz taʼminoti soat 09:00 dan 18:00 gacha toʻxtatiladi.

Bozsuv koʻchasidagi 200 ta xonadon, shuningdek, Obod mahallasidagi sakkizta sanoat isteʼmolchisi gazsiz qoladi.

Ishlar yakunlangach, gaz uzatish bosqichma-bosqich tiklanishi vaʼda qilinmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.