Yunusobod tumanining bir qismi 12 oktyabr kuni gazsiz qoladi
12 oktyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida gaz vaqtincha oʻchiriladi. Cheklovlar soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» filiali xabar berdi. Mutaxassislar «Posira» mahallasi hududidan oʻtuvchi diametri 325 mm boʻlgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurini boshqa joyga koʻchiradilar. Ishlarni «Yunusobodtumangaz» tuman gaz taʼminoti boʻlimi amalga oshiradi. «Obod» mahallasidagi 150 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoladi. Yana 515 ta xonadon […]

Yunusobod tumanining bir qismi 12 oktyabr kuni gazsiz qoladi
12 oktyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida gaz vaqtincha oʻchiriladi. Cheklovlar soat 10:00 dan 18:00 gacha amal qiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» filiali maʼlum qildi.
Mutaxassislar diametri 325 mm boʻlgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurini boshqa joyga koʻchiradilar. U «Posira» mahallasi hududida joylashgan. Ishlarni «Yunusobodtumangaz» tuman gaz taʼminoti boʻlimi amalga oshiradi.
«Obod» mahallasidagi 150 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoladi. «Posira» mahallasining Mikrorayon koʻchasidagi yana 515 ta xonadon oʻchiriladi.
Cheklovlar uchta avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasiga ham taʼsir qiladi: EDEM, Dream Gaz va TRIUMPH ORIENTIR. Ikkala mahalladagi mehribonlik uyi va 35 ta ulgurji isteʼmolchi vaqtincha gazsiz qoladi.
Ishlar yakunlangach, mutaxassislar gaz yetkazib berishni bosqichma-bosqich tiklashni boshlaydilar.

