Yunusobodning bir qismi sakkiz soatga gazsiz qoldi

Yunusobodning bir qismi sakkiz soatga gazsiz qoldi
Bugun, 8 oktyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda gaz taʼminoti sakkiz soatga toʻxtatildi. Cheklov gaz quvurini koʻchirish ishlari munosabati bilan joriy etildi.
Oʻchirish soat 18:00 gacha davom etadi. Bu jami 150 ta xususiy uy va 1,7 mingdan ortiq xonadonga taʼsir koʻrsatdi.
Xususan, "Obod" mahallasidagi 150 ta uy, "Posira" mahallasidagi koʻp qavatli uylardagi 515 ta xonadon va "Minor" mahallasidagi "Qozogʻiston" turar joy majmuasining 520 ta xonadoni gazsiz qoldi.
Bundan tashqari, oʻchirish "Mirzo Ulugʻbek" mahallasidagi 63-uyning 30 ta xonadoni, "Matonat" mahallasidagi Murad Buildings uyining 140 ta xonadoni va "Buyuk Turon" mahallasidagi "Muhtasham" turar joy majmuasining 520 ta xonadoniga taʼsir qildi.
Turar joy sektoridan tashqari, 50 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarda ham gaz vaqtinchalik oʻchirildi. Ular qatorida gaz quyish shoxobchalari, bolalar muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa obʼyektlar bor.
Ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

