Yovvoyi tabiatning közni uzib bölmaydigan olti surati eʼlon qilindi
Forel tutayotgan katta kök qarqara, boşini eggan imperator pingvini va sardinalar orasida oziqlanayotgan bukri kit MonoVisions Photography Awards 2026 tanlovining «Tabiat va yovvoyi hayvonlar» yönalişida sovrinli örinlarni egalladi. Oq-qora fotografiyaga bağişlangan tanlov hakamlari kuçli şamoldagi qutb tulkisi, suv ostidagi dengiz arsloni va suv içayotgan fil tasvirlarini ham alohida eʼtirof etdi.

Yovvoyi tabiatning ko‘zni uzib bo‘lmaydigan olti surati e’lon qilindi
MonoVisions Photography Awards tashkilotchilari 2026-yilgi tanlov natijalarini ma’lum qildi. Yakka fotosuratlar bo‘yicha «Tabiat va yovvoyi hayvonlar» (Nature and Wildlife) toifasida birinchi o‘rin AQSh vakili Vey Lyaning «Bexato zarba» (Perfect strike) asariga berildi.
Suratda katta ko‘k qarqara forel baliğini tutayotgan on aks etgan. Qushning qanotlari hali yopilmagan, o‘lja atrofida esa suv tomchilari sachramoqda. Fotograf ovning aynan shu qisqa lahzasini kadrga muhrlagan.
Ikkinchi o‘rinni AQShning yana bir vakili Liven Taoning «Nafosat!» (Grace!) surati egalladi. Kadr Antarktidadagi Guld qo‘ltig‘ida, imperator pingvinlarining yirik koloniyasi orasida olingan.
Muallifning aytishicha, minglab qushlar orasida uning e’tiborini bir voyaga yetgan pingvin tortgan. U kameraning ro‘parasida turib, ovoz chiqargan va turli holatlarga kirgan. Fotograf aynan pingvin boshini eggan paytni tanlagan.
«Pingvin boshini eggan lahza menga shu qadar nafis ko‘rindiki, uni ta’riflashga so‘z topolmadim», - deyiladi Taoning suratga bergan izohida.
Liven Tao yaqinda kasbiy amaliyotini yakunlagan endodont, ya’ni tish ildizi kanallarini davolash bo‘yicha mutaxassisdir. Fotografiya uning hayotiga taxminan o‘n yil avval dam olish mashg‘uloti sifatida kirib kelgan, keyinchalik esa asosiy qiziqishiga aylangan.
Uning tarjimai holida qutb hududlariga alohida qiziqish, shuningdek, oq ayiqlarga bag‘ishlangan Yukio’s First Day Out nomli bolalar fotokitobi tilga olinadi. Tanlovga taqdim etilgan ishda fotograf butun koloniyaning keng manzarasi o‘rniga bitta pingvinning portretini ko‘rsatishni ma’qul ko‘rgan.
Uchinchi o‘rin kolumbiyalik fotograf Kamilo Diasning «Qulay fursatda oziqlanish» (Opportunistic Feeding) asariga berildi. Unda suv yuzasi yaqinida oziqlanayotgan bukri kit va uning atrofida to‘plangan baliqlar tasvirlangan.
Diasning tushuntirishicha, surat sardinalarning ommaviy ko‘chishi paytida olingan. Bir joyda to‘plangan katta miqdordagi o‘lja dengiz qushlari, dengiz arslonlari, marlinlar va tunetslarni ham jalb qilgan. Muallif ozuqaning bu qadar mo‘lligi kitning hatto ko‘payish hududida ham oziqlanishiga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi.

