Mahalliy

Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etiladi

Mazkur kengashga Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi

Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tuziladi

Prezident energetika yo‘nalishidagi investorlar bilan muloqot chog‘ida yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Unga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.

Kengash yer ajratishdan tortib obyektni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonda investorlar duch keladigan muammolarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, muloqotda energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qilishi ta’kidlandi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shartlarni olishdagi kechikishlar butun loyihaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. «ACWA», «Vision Invest», «DataVolt», «Voltalia» va «EDF» kompaniyalari bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal etishni taklif qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.