Iqtisodiyot

Yoğni tamğalaş taklifiga eʼtirozlar: “Avval markirovka tizimidagi muammolarni yeçiş kerak”

Soliq qömitasi majburiy markirovka tizimiga ösimlik yoğini ham qöşmoqçi, bu haqdagi qaror loyihasini eʼlon qilingan. Kun.uz suhbatdoşlariga köra, bu qarorning narxlarga, aholining xarid qobiliyatiga va işlab çiqaruvçilarga taʼsirini oldindan baholaş kerak. Markirovkalaş tadbirkorlarga köplab muammolarni keltirib çiqarmoqda va ularni hal etmay turib tizimni kengaytirişni töxtatiş maqsadga muvofiq.

Yoğni tamğalaş taklifiga nisbatan eʼtirozlar bildirildi: “Avval markirovka tizimidagi muammolarni yeçish kerak”

Ösimlik yoğini majburiy raqamli markirovkalash taklifi, uning biznes xarajatlari hamda isteʼmol narxlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan taʼsiri haqida fikr bildirildi.

Bakirovning aytishicha, taklifning iqtisodiy asoslari, xususan, sohadagi yashirin aylanma hajmi va markirovkadan kutilayotgan samara bo‘yicha hisob-kitoblar taqdim etilmagan.

“Bozorimiz qancha? Ularning baholashlariga ko‘ra, qancha kontrafakt bor yoki yashirin iqtisodiyot mezonlariga mos tushadigan ösimlik yoği aylanmasi, ishlab chiqarishi bor? Biror maʼlumot yo‘q. Bundan kutiladigan iqtisodiy samara ham yo‘q.

“Biznesimiz, savdomiz, isteʼmolchilarimiz zimmasiga shuncha xarajat yuklanadi, bundan shuncha iqtisodiy samara olamiz”, degan hisob-kitoblar berilmagan. Biror tovarni markirovkalanadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritishdan oldin mustaqil baholashlar bo‘lishi kerak”, - dedi iqtisodchi.

U yog‘ kundalik zarur isteʼmol mahsuloti ekanini taʼkidlab, qo‘shimcha xarajatlarning kam daromadli oilalarga taʼsirini ham oldindan hisoblash lozimligini bildirdi.

“Tizimdagi muammolar hal bo‘lmasdan, yana mahsulot qo‘shilyapti”

Murod Muhammadjonovga ko‘ra, markirovka qamrovini kengaytirishdan oldin amaldagi tizimning ishlab chiqarish va logistikadagi muammolariga yechim topish zarur.

“Eng avvalo, markirovka tizimi to‘g‘ri ishlab ketdimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob kerak. Ishlab chiqarish jarayonida qiyinchiliklar bor. Lazerda bitta xatolik bo‘lsa, butun liniya to‘xtaydi, uni boshqatdan ishga tushirish kerak bo‘ladi.

Logistikada ham muammolar bor. Kodlarning takrorlanishi kuzatilyapti: markirovkalangan tovar kodini o‘qitmoqchi bo‘lsangiz, u boshqa joyda ishlatilgan bo‘lib chiqyapti. Tizimning o‘zidagi muammolar yechim topmasdan turib, unga yana qo‘shimcha tovar kiritilyapti”, - dedi soliq maslahatchisi.

Uning taʼkidlashicha, texnik muammoni bartaraf etish imkoniyati borligi bilan cheklanib bo‘lmaydi. Buning uchun biznes qancha vaqt, mehnat va mablag‘ sarflayotgani ham hisoblanishi kerak.

Muhammadjonov ösimlik yoğiga nisbatan bunday talab joriy etilishida ayniqsa ehtiyotkor bo‘lish zarurligini aytdi. Uning fikricha, qo‘shimcha xarajat biznes zimmasida qolsa, korxonaning rivojlanish imkoniyatini cheklaydi; narxga o‘tkazilsa, aholining xarid qobiliyatini pasaytiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.