Mahalliy

YEXHTning yoshlar media-lageri: dezinformatsiyaga qarshi kurashish va raqamli xavfsizlik

Internetda va ijtimoiy tarmoqlarda koʻrayotganlarimizning hammasi ham haqiqatga toʻgʻri kelavermaydi. Texnologiyalar asri odamlarni yaqinlashtirmoqda va har qanday maʼlumotni bir necha bosishda qoʻl yetgudek qilmoqda, biroq baʼzida raqamli muhit manipulyatsiyalar, ekstremizm va radikallashuv maydoniga aylanib bormoqda. Yoshlarning mediasavodxonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarning davomi sifatida, YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda [...] tashkil etdi.

YEXHTning yoshlar media-lageri: dezinformatsiyaga qarshi kurashish va raqamli xavfsizlik

Texnologiyalar asri odamlarni yaqinlashtirmoqda va har qanday maʼlumotni bir necha marta bosish orqali olish imkonini bermoqda, biroq baʼzida raqamli muhit manipulyatsiyalar, ekstremizm va radikallashuv maydoniga aylanib bormoqda.

Yoshlarning media savodxonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarning davomi sifatida YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Parkent tumanida media-lager tashkil etdi. Unda mamlakatimizning yetakchi universitetlarida jurnalistika, kino sanʼati va dizayn yoʻnalishlarida tahsil olayotgan 30 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Asosiy eʼtibor media savodxonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, axborotni tanqidiy qabul qilish va raqamli muhitda dezinformatsiyani aniqlash qobiliyatiga qaratildi.

Ushbu tashabbus zamonaviy media makonni shakllantirishi kerak boʻlgan boʻlajak jurnalistlar, kinematograflar va dizaynerlarga feyklarni aniqlash, faktlarni sinchiklab tekshirish va ishonchli, xavfsiz kontent yaratish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etadi. Shu tariqa, yoshlar terrorizmga olib keluvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvning oldini olishga faol jalb etilmoqda.

Ushbu ishning ahamiyatini taʼkidlab, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova shunday dedi:

«Terrorizmga qarshi kurashda eng muhim qurolimiz — bu ishonchli axborotdir. Zamonaviy medianing vazifasi salbiy stereotiplarni tarqatish emas, balki jamiyatda bagʻrikenglikni rivojlantirishdan iborat. Jurnalistlarning oʻzlari murakkab mavzularni professional tarzda yoritish, har doim odob-axloq qoidalari va odamlar xavfsizligini yodda tutish uchun doimiy ravishda yangi bilimlarni egallashlari zarur».

Uch kun davomida ishtirokchilar interaktiv mashgʻulotlarda qatnashdilar, amaliy misollarni tahlil qildilar va ekspertlarning mahorat darslarida ishtirok etdilar. Ular raqamli xavfsizlik, kontent tayyorlashda sunʼiy intellektdan foydalanish, shuningdek, muqobil axborot narrativlarini yaratish yoʻllarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar internetdagi kundalik harakatlarimiz raqamli makondan tashqarida odamlar va butun jamiyatlar hayotiga qanday taʼsir qilishi mumkinligi haqida gapirdilar.

Media-lager doirasidagi muhokamalar chogʻida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Shamsiddin Tolibboyev shunday dedi:

«Nafaqat internetdan foydalana olish, balki oʻz harakatlarimizni va ularning boshqa odamlar uchun oqibatlarini tanqidiy baholash ham muhimdir. Birovning kontentini roziligisiz eʼlon qilish yoki tarqatish real zarar yetkazishi mumkinligini tushunish va kiberbullingni qoʻllab-quvvatlamaslik kerak».

Yangi avlodda tanqidiy fikrlashni, sifatli kontent yaratish va tarmoq tahdidlariga qarshi turish koʻnikmalarini rivojlantirish orqali bunday loyihalar Oʻzbekistondagi axborot muhitini yanada xavfsiz va ochiq qilishga yordam beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.