Dunyo

Yevropa markaziy banki rahbari muddatidan oldin lavozimini tark etmoqda

Kristin Lagardning vakolat muddati 2027-yil oktabr oyida tugaşi kerak edi.

Yevropa markaziy banki rahbari muddatidan oldin lavozimni tark etadi

Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etmoqda. Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, Lagard 2027-yil 7-fevral kuni iste’foga chiqadi. Lagard bu haqda YEMB Boshqaruv kengashi va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koştaga ma’lum qilgan.

Reuters agentligining eslatishicha, Kristin Lagardning vakolat muddati 2027-yil oktabr oyida tugashi kerak edi.

Lagardning ketishi Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mersga 2027-yil aprelda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan saylovlargacha yangi rahbar tayinlash masalasini hal qilish imkonini beradi, deb yozadi dpa agentligi. Uning muddatidan oldin ketishi mumkinligi haqida ancha vaqtdan beri ma’lum edi. Marin Le Pen boshchiligidagi o‘ng populistlar Fransiyadagi saylovlarda g‘alaba qozonishi, bu esa YeMBning yangi rahbariyatini tayinlashni qiyinlashtirishi mumkin, deya aniqlik kiritadi agentlik.

Avvalroq DW Lagardning muddatidan oldin iste’foga chiqishidan ko‘zlangan maqsad YEMB rahbari lavozimiga Yevropa tarafdori bo‘lgan mo‘tadil qarashlarga ega nomzod saylanishini ta’minlash bo‘lishi mumkinligini qayd etgandi.

Shu bilan birga, hatto ixtiyoriy ravishda muddatidan oldin lavozimni tark etish ham YEMB mustaqilligi borasida xavotirlar uyg‘otishi mumkin, deb ta’kidlagan ekspertlar. Bank siyosiy aralashuvlarsiz faoliyat yuritishi kerak, uning vakolatlari esa Yevropa Ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan himoyalangan narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Tahlilchilar yaqin istiqbolda bankning pul-kredit siyosati o‘zgarishsiz qolishini kutmoqda.

Reuters agentligining yozishicha, Lagard Jahon iqtisodiy forumiga ishga o‘tishi mumkin. Yevropa kengashi raisi Koşta Lagardning o‘rniga nomzodni aniqlash jarayoni 29-oktabr kuniyoq boshlanishini ma’lum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.