Dunyo

“Yevropa Ukraina bilan muzokaralarni barbod qilish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda” — Lavrov

“Yevropa Ukraina bilan muzokaralarni barbod qilish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda” — Lavrov

26-sentyabr kuni BMT minbarida nutq so‘zlagan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropani Ukraina bo‘yicha muzokaralarni ataylab izdan chiqarishga urinishda aybladi. U Rossiya o‘z maqsadlariga qat’iy yetishini va xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etishini ta’kidladi.

Lavrovning aytishicha, Tramp ma’muriyati manfaatdor bo‘lgan tinchlik muzokaralarini barbod qilish uchun “Yevropa qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda”.

“Maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlariga erishiladi, Rossiya xavfsizligiga bo‘lgan tahdid yo‘q qilinadi va tinch hayot qaytadi. Bu qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar amalga oshadi”, dedi u.

Shuningdek, Lavrov AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro cho‘zilib borayotgan bir paytda, Rossiya Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

26-sentyabr kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Iogann Vadeful va Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu urush boshlanganidan beri ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi.

Uchrashuv Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda yopiq tarzda o‘tdi. Germaniya Rossiyani Leypsig aeroportiga dron orqali hujum uyushtirishga urinishda ayblagan. Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro konsulliklarni yopish haqida qaror qabul qilgan edi.

Vadeful Rossiyani Germaniya, Yevropa va NATOga nisbatan xavfli eskalatsiya yo‘lidan qaytishga chaqirganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Leypsigdagi hujum urinishi yoki boshqa gibrid hurujlar Germaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash qarorini o‘zgartira olmaydi.

So‘nggi kunlarda Yevropa davlatlari, jumladan Germaniya, o‘z hududlarida Rossiya sabotaj faoliyati kuchayganidan xavotir bildirmoqda. Rossiya bosqinidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar to‘xtatilgan edi.

Uchrashuv Germaniya tashabbusi bilan boshlanib, taxminan 20 daqiqa davom etgan. Nemis diplomati Rossiya qo‘shinlari urushda har oy minglab askarini yo‘qotayotgani va iqtisodiyoti qulashda davom etayotganini aytgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham 23-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘zining 17 million kvadrat kilometr hududi ham yetarli, ammo u boshqa davlatlar hududlarini egallashni istaydi”, deya fikr bildirgandi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.