Dunyo

Yevrokomissiya rahbari hamkor davlatlar ishtirokida Yevropa xavfsizlik kengashini tashkil etishni taklif qildi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ittifoq davlatlari va hamkor mamlakatlar yetakchilari ishtirokida Yevropa xavfsizlik kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda u Yevroparlamentga yillik murojaati chogʻida maʼlum qildi.

Yangi tuzilmaga Kanada, Norvegiya, Ukraina va Buyuk Britaniya vakillarini kiritish taklif etilmoqda. Fon der Lyayenning soʻzlariga koʻra, qitʼa uchun mavjud xavf-xatarlarning xususiyati va koʻlami tufayli bunday maydonchaga boʻlgan ehtiyoj shoshilinch tus olgan.

Bundan tashqari, YEK rahbari Yevropada gibrid tahdidlarga birgalikda javob qaytarish uchun NATOdan mustaqil boʻlgan ogohlantirish mexanizmini shakllantirishga chaqirdi. Agar mamlakatlardan biri ushbu mexanizmni ishga tushirsa, ittifoqning barcha 27 ta davlati majburiy favqulodda maslahatlashuvlarni boshlashi kerak boʻladi. Ushbu tizim kiberhujumlar, diversiyalar va dronlar bilan bogʻliq hodisalar soni ortib borayotgan bir paytda NATO Shartnomasining toʻrtinchi moddasini toʻldirishi lozim.

Yevrokomissiya rahbari oʻz nutqida, shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan mamlakat bosh vaziri Mark Karniga murojaat qilib, Kanada uchun Yevropa Ittifoqiga assotsiatsiyalashgan aʼzolik yoʻlini ochishni taklif qildi. Garchi birlashmaning amaldagi shartnomalarida bunday maqom nazarda tutilmagan boʻlsa-da, assotsiatsiyalashgan aʼzolik gʻoyasi soʻnggi paytlarda Yevropa siyosiy doiralarida faol muhokama qilinmoqda.

Murojaatda Ukrainani kirib kelayotgan qish mavsumida qoʻllab-quvvatlash mavzusiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Yevropa Ittifoqi insonparvarlik yordami koʻrsatishni, energiya va issiqlik taʼminotini mustahkamlashga koʻmaklashishni, shuningdek, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.