Mahalliy

Yer uchastkasini sotishda soliq toʻlash kerakmi?

Yer uchastkasini sotishda daromad soligʻi yuzaga kelishi mumkin. Soliq miqdori sotish narxi, yerning avvalgi qiymati va uni qancha muddat mulkda saqlab turilganiga bogʻliq. Agar yer 36 oydan ortiq vaqt davomida mulkingizda boʻlgan boʻlsa, soliq toʻlanmaydi. Maqolada yer uchastkasi oldi stodisi bilan bogʻliq muhim tafsilotlarni koʻrib chiqamiz.

Yer uchastkasini sotishda soliq toʻlash kerakmi?

Soliq stavkalari, toʻlov muddatlari hamda koʻchmas mulk oldi-sotdisiga doir tartiblar 2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra berilgan. Qonun hujjatlari va bank xizmatlari tariflari oʻzgarishi mumkin.

Yer uchastkasini sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi undiriladi.

Jismoniy shaxsning mulkiy daromadlari tarkibiga unga tegishli mol-mulkni sotishdan tushgan daromad ham kiradi. Yaʼni yer faqat xususiylashtirilgan taqdirdagina sotilishi mumkin.

Mol-mulkni sotishdan olingan daromad sotish narxining uni olish qiymatidan ortgan qismi sifatida aniqlanadi.

Bunda mol-mulkni olish qiymati hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Agar bunday hujjatlar mavjud boʻlmasa, koʻchmas mulk boʻyicha daromad kadastr qiymati bilan sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida hisoblanadi.

Kadastr qiymati — davlat organlari tomonidan koʻchmas mulkning qiymatini belgilash uchun aniqlanadigan rasmiy baho.

Oʻzbekiston soliq rezidentlari, shuningdek, Oʻzbekistondagi manbalardan daromad oluvchi norezident jismoniy shaxslar daromad soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi. Shu sababli, yer uchastkasini sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini sotuvchi toʻlaydi.

Agar jismoniy shaxsga xususiy mulk huquqi asosida tegishli yer uchastkasi 36 oydan ortiq vaqt davomida uning mulkida boʻlsa, uni sotishdan olingan daromad uchun soliq toʻlanmaydi va deklaratsiya topshirish talab etilmaydi. Bu Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan. Agar yer uchastkasi 36 oydan kam muddat mulkda boʻlgan boʻlsa, sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladi.

Bu qoida uy-joy va yer uchastkasi birga sotilganda ham, alohida sotilganda ham amal qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.