YCHLning asosiy favoriti qaysi jamoa? Harri Keyn javob berdi

YCHLning asosiy favoriti kim? Harri Keynning javobi
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn UEFA Chempionlar Ligasining yangi mavsumida g'oliblikka asosiy da'vogar sifatida amaldagi chempion "PSJ"ni ko'rsatdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Keynning fikricha, Parij klubi turnirda ketma-ket ikki marta zafar quchgani sababli asosiy favorit maqomiga loyiq:
"Menimcha, 'PSJ' — asosiy favorit. Ular turnirda ketma-ket ikki marta g'alaba qozondi. Albatta, 'Bavariya', 'Arsenal', 'Real Madrid', 'Barselona' kabi boshqa kuchli jamoalar ham bor. Barcha top-klublar sovrin uchun kurashadi", dedi Keyn.
Shuningdek, hujumchi o'tgan mavsumdagi Chempionlar Ligasini ham eslab o'tdi. O'shanda "Bavariya" yarim finalda aynan "PSJ"ga imkoniyatni boy bergandi. Angliyalik futbolchi jamoasi yaxshi mavsum o'tkazganini, biroq kuchli raqibga qarshi kichik farq bilan yutqazganini ta'kidladi.
"Endi o'tgan mavsumni ortda qoldirib, yangi mavsumga e'tibor qaratishimiz kerak. Chempionlar Ligasi bizning asosiy maqsadlarimizdan biri. Buning uchun astoydil mehnat qilamiz", deya qo'shimcha qildi angliyalik hujumchi.
Ma'lumot uchun, Chempionlar Ligasining yangi formatiga ko'ra, turnirda 36 ta klub ishtirok etadi va har bir jamoa birinchi bosqichda 8 tadan (4 ta uyda va 4 ta safarda) o'yin o'tkazadi. Yagona turnir jadvalida kuchli sakkizlikni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l olsa, 9–24-o'rinlarni egallagan klublar pley-off yo'llanmasi uchun o'zaro kurash olib boradi. Chempionlar Ligasining yangi mavsumi 8-sentyabr kuni start oladi.

