Sport

“PSJ” “Barselona”ga, “Real” “Arsenal”ga qarshi o‘ynaydi. YCHL 2026/27-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi

"PSJ" "Barselona"ga, "Real" esa "Arsenal"ga qarshi o‘ynaydi. 2026/27-yilgi mavsum uchun Yevropa Chempionlar Ligasi qur’asi tashlandi.

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi umumiy guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa, YCHLning joriy mavsumida ishtirok etuvchi 36 jamoa o‘zining 8 ta raqibini bilib oldi. Qur’a mexanizmiga ko‘ra, hech bir jamoaga bir mamlakatning ikkitadan ortiq jamoasi raqib bo‘lmaydi. Har bir jamoa 4 ta uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazsa, yana 4 ta bahsda raqib maydoniga safar qiladi.

**1-savatcha**

* **“PSJ”ning raqiblari:** “Barselona”, “Man Siti”, “Roma”, “Aston Villa”, “Galatasaray”, “Vilyarreal”, “Slovan”, “Komo”

* **“Bavariya”ning raqiblari:** “Arsenal”, “Atletiko”, “Betis”, “Man Yunayted”, “Budyo-Glimt”, “Lill”, “Slaviya”, “Viking”

* **“Real Madrid”ning raqiblari:** “Inter”, “Arsenal”, “PSV”, “Roma”, “Leypsig”, “Shaxtyor”, “LASK”, “AEK”

* **“Liverpul”ning raqiblari:** “Inter”, “Atletiko”, “Portu”, “Bryugge”, “Vilyarreal”, “Fenerbahche”, “Lans”, “Lask”

* **“Inter”ning raqiblari:** “Liverpul”, “Real”, “Bryugge”, “Borussiya”, “Shaxtyor”, “Feyenord”, “Shtutgart”, “Slovan”

* **“Manchester Siti”ning raqiblari:** “PSJ”, “Barselona”, “Sporting”, “Portu”, “Napoli”, “Leypsig”, “AEK”, “Lans”

* **“Arsenal”ning raqiblari:** “Real Madrid”, “Bavariya”, “Borussiya”, “Betis”, “Lill”, “Napoli”, “Sabah”, “Slovan”

* **“Barselona”ning raqiblari:** “Man Siti”, “PSJ”, “Aston Villa”, “Sporting”, “Feyenord”, “Galatasaray”, “Komo”, “Sabah”

* **“Atletiko”ning raqiblari:** “Bavariya”, “Liverpul”, “Man Yunayted”, “PSV”, “Fenerbahche”, “Budyo-Glimt”, “Viking”, “Shtutgart”

**2-savatcha**

* **“Borussiya Dortmund”ning raqiblari:** “Inter”, “Arsenal”, “Betis”, “Aston Villa”, “Vilyarreal”, “Budyo-Glimt”, “AEK”, “Sabah”

* **“Roma”ning raqiblari:** “Real”, “PSJ”, “Sporting”, “Man Yunayted”, “Lill”, “Fenerbahche”, “Slovan”, “AEK”

* **“Sporting”ning raqiblari:** “Barselona”, “Man Siti”, “Man Yunayted”, “Roma”, “Galatasaray”, “Shaxtyor”, “LASK”, “Lans”

* **“Aston Villa”ning raqiblari:** “PSJ”, “Barselona”, “Borussiya”, “Bryugge”, “Fenerbahche”, “Galatasaray”, “Viking”, “Slaviya”

* **“Portu”ning raqiblari:** “Man Siti”, “Liverpul”, “PSV”, “Betis”, “Napoli”, “Feyenord”, “Slaviya”, “LASK”

* **“Man Yunayted”ning raqiblari:** “Bavariya”, “Atletiko”, “Roma”, “Sporting”, “Leypsig”, “Vilyarreal”, “Sabah”, “Komo”

* **“Bryugge”ning raqiblari:** “Liverpul”, “Inter”, “Aston Villa”, “PSV”, “Budyo-Glimt”, “Napoli”, “Lans”, “Shtutgart”

* **“Betis”ning raqiblari:** “Bavariya”, “Arsenal”, “Portu”, “Borussiya”, “Feyenord”, “Lill”, “Komo”, “Slovan”

* **“PSV”ning raqiblari:** “Atletiko”, “Real”, “Bryugge”, “Portu”, “Shaxtyor”, “Leypsig”, “Shtutgart”, “Viking”

Marosimda sobiq futbolchilar Terri Anri va David Vilya faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi. Ularning har ikkisi futbolchi sifatida Yevropa va Jahon chempioni, shuningdek, YCHL g‘olibi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, YCHLning joriy mavsumi 8-sentyabr kuni start oladi. Jamoalar guruh bosqichida 8 tadan uchrashuv o‘tkazadi. 1–8-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinni band etgan klublar esa pley-off bosqichida qatnashadi.

Turnirning final bellashuvi 2027-yilning 5-iyun kuni Madrid shahridagi “Metropolitano” stadionida o‘tkaziladi.

Musobaqaning amaldagi g‘olibi Fransiyaning “PSJ” klubi hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsum finalida “Arsenal”ga qarshi bahs olib borgan. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan va penaltilar seriyasida “Pari Sen-Jermen” g‘alaba qozongan — 4:3.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.