Sport

Yangilangan WBC reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning o‘rni qanday?

Yangilangan WBC reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qanday o‘rinlarni egalladi?

Diqqatga sazovor jihati shundaki, reytingdan 11 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi joy olgan.

Yaponiyalik Naoya Inoue mutlaq chempion sanaladigan birinchi yarim yengil vazn (-55,2 kg) toifasida Murodjon Ahmadaliyev uchinchi pog‘onada qayd etilgan. Ahmadaliyev may oyida Toshkentdagi “Humo Arena”da venesuelalik Hegli Moskedani to‘rtinchi raundda texnik nokaut orqali mag‘lub etgandi. Ushbu vazndagi yana bir o‘zbekistonlik bokschi Muhammad Shexov esa 11-o‘rindan 10-pog‘onaga ko‘tarildi.

Yengil vazn (-61,2 kg) toifasida hozirgacha professional ringda mutlaqo mag‘lub bo‘lmagan Sirojbek Ismoilov (11 ta jang, 11 ta g‘alaba, 8 tasi nokaut) reytingning 16-pog‘onasidan joy oldi.

Birinchi yarim o‘rta vazn (-63,5 kg) toifasida biryo‘la uch nafar bokschi reytingga kirgan: Mujibillo Tursunov 29-o‘rinda, Shohjahon Ergashev 32-o‘rinda, Ruslan Abdullayev esa 35-pog‘onada bormoqda.

Super yarim o‘rta vazn (-69,9 kg)da Isroil Madrimov 7-o‘rinda qayd etilgan. 30 yoshli bokschi professional ringda 14 ta jang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin Luis David Salazar ustidan g‘alaba qozonib, muvaffaqiyatli qaytishni amalga oshirdi.

Super o‘rta vazn (-76,2 kg)da so‘nggi jangida ganalik Sena Agbekoni yengib, WBA qit’alararo kamarini himoya qilgan Bektemir Meliqo‘ziyev bu safar bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi.

Super og‘ir vazn (+101,6 kg) toifasida Bahodir Jalolov 13-o‘rindan 11-pog‘onaga ko‘tarildi. U professional boksda 18 ta jang o‘tkazib, shularning 16 tasini muddatidan oldin yakunlagan. Manchesterda bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida u xorvatiyalik Agron Smakichini nokautga uchratgandi. Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov esa 22-o‘ringa ko‘tarildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.