Sport

WTA reytingida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi o‘zgardi

WTA reytingida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi almashdi. Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) tomonidan e’lon qilingan yangi haftalik reytingda, AQSH ochiq chempionati boshlanishi arafasida, O‘zbekistonning yetakchi tennischisi o‘zgardi. Uzoq vaqt davomida birinchi raqamli tennischi bo‘lib kelgan Kamilla Rahimova o‘z o‘rnini Mariya Timofeevaga bo‘shatib berdi.

Mariya Timofeeva o‘tgan haftadagi pozitsiyasiga nisbatan olti pog‘onaga ko‘tarilib, 86-o‘rinni egalladi. Aksincha, Rahimova 4 pog‘onaga pastlab, 92-o‘ringa tushib qoldi. O‘zbekistonning uchinchi raqamli ayol tennischisi Polina Kudermetova hozirda dunyoning 97-raketkasi hisoblanadi.

Boshqa o‘zbekistonlik tennischilar orasida Layma Vladson 5, Sevil Yuldasheva 2, Milana Maslenkova 8 va Vlada Yakshibarova 5 pog‘onaga pastladi. Darya Shubina esa o‘tgan haftadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Dunyo tennischilarining Top-10 taligida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. Arina Sabalenka dunyoning birinchi raketkasi bo‘lib qolmoqda. Biroq, AQSH ochiq chempionati yakuniga ko‘ra, peshqadam o‘zgarishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda borayotgan qozog‘istonlik Yelena Ribakina Sabalenkadan 434 ochkoga ortda qolmoqda.

**WTA reytingi. 30-avgust holatiga ko‘ra:**

(1) Arina Sobolenko (Belarus) — 8575 ochko

(2) Yelena Ribakina (Qozog‘iston) — 8141

(3) Jessika Pegula (AQSH) — 7265

(4) Koko Goff (AQSH) — 6704

(5) Mirra Andreyeva (Rossiya) — 5443

(6) Linda Noskova (Chexiya) — 5028

(7) Karolina Muchova (Chexiya) — 4983

(8) Iga Shvyontek (Polsha) — 4809

(9) Elina Svitolina (Ukraina) — 4689

(10) Amanda Anisimova (AQSH) — 4533.

**O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni:**

86 (92). Mariya Timofeeva — 890

92 (88). Kamilla Rahimova — 852

97 (96). Polina Kudermetova — 783

582 (577). Layma Vladson — 84

965 (963). Sevil Yuldasheva — 27

1157 (1149). Milana Maslenkova — 13

1417 (1412). Vlada Yakshibarova — 6

1526 (1526). Darya Shubina — 3

Ma’lumot uchun, yilning soʻnggi “Katta dubulgʻa” turniri – AQSH ochiq chempionatining asosiy davrasida ishtirok etayotgan Kamilla Rahimova (dunyoning 92-raketkasi) 1-bosqichda jahon reytingida 29-o‘rinni egallab turgan chexiyalik Barbora Kreychikovani kutilmaganda mag‘lub etdi. Teng kurashlar ostida kechgan 1-set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi. U 2-setni toʻliq nazoratga olib, 6:2 hisobida ustun keldi va bahsni oʻz foydasiga hal qildi.

Shuningdek, bugun yana bir o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva (86) kortga chiqadi. Unga sloveniyalik Tamara Zidanshekka (149) raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.