Mahalliy

Yangi Toşkentga tramvay qatnovini yölga qöyiş muhokama qilindi

Yangi Toşkentga tramvay qatnovini yölga qöyiş masalasi Fransiyadan kelgan kompaniyalar vakillari bilan muhokama qilindi. Muzokaralarda yangi şaharning suv, issiqlik va energetika infratuzilmasini rivojlantiriş imkoniyatlari ham körib çiqildi.

Yangi Toşkentda tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiyaga Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirining shaharlar va transportni barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jerar Volf boshchilik qilgan.

Tashrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida muzokaralar o‘tkazilgan. Unda Alstom, SUEZ, Veolia, EDF, MND, Dassault Systèmes, IVECO hamda Wilmotte & Associés kompaniyalari vakillari qatnashgan.

Tomonlar energetika, transport, suv taʼminoti, kommunal xo‘jalik, raqamlashtirish, turizm va shaharsozlik sohalariga Fransiya investitsiyalari hamda zamonaviy texnologiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kommunal tizimlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Delegatsiya Yangi Toşkentga ham borib, hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ko‘rib chiqqan. Tramvay qatnovidan tashqari, suv tozalash tizimlarini rivojlantirish, issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va «aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilingan.

Yangi shaharda turizm infratuzilmasini rivojlantirish ham hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi va ixtisoslashgan kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilingan. Uchrashuvlar yakunida tomonlar qo‘shma investitsiya tashabbuslarini ilgari surishga qiziqish bildirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.