Yamanda husiychilarga qarshi keng koʻlamli operatsiya boshlanadi
Yaman hukumati husiylar nazoratidagi hududlarga yirik hujum tayyorlamoqda. Operatsiya boshlanganini mamlakat prezidenti Rashad al-Alimiy eʼlon qildi. Hukumat kuchlari jangovar harakatlarni husiylar nazoratidagi hududlar qaytarib olingunga qadar davom ettirish niyatida. Avvalroq rasmiylar umumiy safarbarlik eʼlon qilgan edi. Reuters xabariga koʻra, operatsiyaga 100 mingdan ortiq Yaman harbiy xizmatchisi jalb etilishi mumkin. Saudiya Arabistoni havodan yordam koʻrsatishi kutilmoqda. Manbalar […]

Yamanda husiychilarga qarshi keng koʻlamli operatsiya tayyorlanmoqda
Yaman rasmiylari husiychilar nazorati ostidagi hududlarga yirik hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Operatsiya boshlanganini mamlakat prezidenti Rashad al-Alimiy eʼlon qildi.
Hukumat kuchlari husiychilar nazorat qilayotgan hududlar qaytarib olingunga qadar jangovar harakatlarni davom ettirish niyatida. Avvalroq rasmiylar umumiy safarbarlik eʼlon qilgan edi.
Reuters xabariga koʻra, operatsiyaga 100 mingdan ortiq Yaman harbiy xizmatchisi jalb etilishi mumkin. Saudiya Arabistoni havodan yordam koʻrsatishi kutilmoqda.
Agentlik manbalarining aniqlik kiritishicha, quruqlikdagi harakatlarni Yaman kuchlari amalga oshiradi, Saudiya harbiylari esa havodan qoʻllab-quvvatlashni oʻz zimmasiga oladi.

