Dunyo

Yaman husiylari Qizil dengizdagi yana bir nechta orolni egallab oldi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi yana bir nechta orolni egallab oldi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi yana bir nechta strategik orollarni egallab oldi. Bu haqda hukumat va husiylar vakillariga tayanib, ABC News xabar berdi.

Katta va Kichik Hanesh orollarining egallanishi Yaman hukumati harbiylari qarshi hujumga tayyorlanayotgan bir paytda yuz berdi. Husiylar Bob al-Mandab bo‘g‘ozi atrofida o‘z nazoratini kuchaytirgan. Saudiya Arabistoni uchun mazkur bo‘g‘oz neft eksportida Hormuzga muqobil dengiz yo‘li hisoblanadi.

Husiylarning yangi yutuqlari ularga Saudiya Arabistonining Qizil dengiz orqali tashiladigan neft yuklariga tahdid solish imkonini yanada oshiradi. Shuningdek, vaziyat global neft ta’minoti va narxlariga ham ta’sir qiladi. Bu, o‘z navbatida, husiylarni qo‘llab-quvvatlaydigan Eronga AQSH bilan urushda ustunlik berishi mumkin.

Husiylar Bob al-Mandabdan 160 kilometr shimolda joylashgan Hanesh orollariga jangchilarini joylashtirgan. Orollarning egallanishi husiylar o‘tgan hafta Moxa port shahrini va Bob al-Mandab bo‘g‘ozida joylashgan Mayun orolini egallaganidan keyin yuz berdi. Harbiy manbalarga ko‘ra, husiylar Qizil dengizning janubidagi Zuqar orolini ham raketa zarbalari va qayiqlar yordamida uyushtirilgan quruqlikdagi hujum natijasida nazoratiga olgan.

Husiylarning oldinga siljishi ularni Bob al-Mandab bo‘g‘ozining narigi tomonidagi Jibutida joylashgan AQSH harbiy bazasidan atigi 32 kilometr uzoqlikda qoldirdi. Ular xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumati kuchlarining deyarli qarshiligisiz orollarni egallab olmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.