Yöllarda mobil radarlar haqida oldindan ogohlantirilmasligi mumkin
Özbekistonda radarlar haqida ogohlantiruvçi yöl belgisini örnatiş talabi özgartirildi. Yangi tahrirda bu majburiyat faqat statsionar radarlarga nisbatan saqlab qolingan. Bundan mobil radarlar oldidan alohida ogohlantiruvçi belgi örnatilmasligi mumkinligi kelib çiqadi.

Yollarda mobil radarlar haqida oldindan ogohlantirish shart bo‘lmasligi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarori bilan hukumatning 2025-yil 15-maydagi 318-son qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritildi.
Oldingi tartibga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan tezlikni nazorat qiluvchi har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda hamda ularga 250–500 metr masofada «Radar» yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy edi.
Yangi qarorda ushbu band qayta bayon qilinib, undagi «har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar» iborasi o‘rniga «statsionar radarlar» deb belgilandi. Natijada mobil radarlar mazkur majburiy talab doirasidan chiqarildi.
Shuningdek, Yo‘l harakati qoidalaridagi 5.43 - «Radar» belgisiga oid bandga ham o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra, belgi harakat tezligi statsionar radarlar yordamida nazorat qilinayotgan joylargacha 250–500 metr masofada o‘rnatiladi.
Shunday qilib, statsionar radarlar oldidan haydovchilarni belgi orqali ogohlantirish majburiyati saqlanmoqda. Mobil radarlar bo‘yicha esa bunday majburiyat yangi tahrirda nazarda tutilmagan.

