Mahalliy

Xiva—Buxoro yo‘nalishida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva—Buxoro yo‘nalishida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

9-sentyabrdan boshlab Xiva—Buxoro—Xiva yo‘nalishida zamonaviy tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdlari qatnay boshlaydi. Besh vagondan tashkil topgan poyezdda 415 ta ekonom klass o‘rindig‘i mavjud.

707-sonli Xiva—Buxoro-1 poyezdi seshanbadan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. U Xivadan 09:55 da jo‘nab, Buxoroga 14:32 da yetib boradi. 706-sonli Buxoro-1—Xiva poyezdi esa dushanbadan tashqari barcha kunlari qatnaydi: Buxorodan 15:45 da yo‘lga chiqib, Xivaga 20:25 da keladi.

Shuningdek, 14-sentyabrdan Buxoro-1—Toshkent yo‘nalishida 701-sonli elektropoyezd har dushanba kuni, 15-sentyabrdan esa 702-sonli Toshkent—Buxoro-1 poyezdi har seshanba kuni qatnaydi.

Yangi qatnovlar sababli 56, 58, 127/128, 301, 6412 va 6353-sonli ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi. Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda yangilangan jadvalni inobatga olish tavsiya etildi.

Poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.