Mahalliy

Xiva va Buxoro oʻrtasida Xitoy elektropoyezdi qatnay boshlaydi

Urganch aeroporti va Xiva oʻrtasidagi poyezd yoʻnalishi Kogongacha («Buxoro-1» vokzali) uzaytirildi. Haftada bir marta qatnov Toshkentgacha amalga oshiriladi. Liniyada Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdlari harakatlanadi.

Xiva va Buxoro oʻrtasida Xitoy elektropoyezdi qatnay boshlaydi

9 sentyabrdan boshlab Xiva va Buxoro oʻrtasida Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi maʼlum qildi.

Gap sentyabr oyi boshidan buyon Urganch aeroporti va Xiva oʻrtasida qatnayotgan oʻsha poyezd haqida bormoqda. Endilikda yoʻnalish Kogonda joylashgan «Buxoro-1» vokzaligacha uzaytiriladi. Poyezdlar haftasiga olti kun qatnaydi.

14 sentyabrdan boshlab poyezd haftada bir marta Toshkentgacha harakatlanadi.

Yangi poyezd ishga tushirilishi munosabati bilan quyidagi poyezdlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

Eslatib oʻtamiz, CR200J poyezdi iqlim nazorati tizimiga ega oltita vagondan iborat boʻlib, ekonom-klassda 415 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan. Uning maksimal tezligi soatiga 160 km ni tashkil etadi.

Hozirda Oʻzbekistonda shunday elektropoyezdlardan ikkitasi bor. Yaqin vaqt ichida Toshkent va Andijon oʻrtasida ikkinchi tarkibni ishga tushirish kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.