Xitoyning sunʼiy intellekt pufagi yorila boşladi - OAV
Yaqin-yaqingaça keskin ösişni boşdan keçirgan Xitoyning sunʼiy intellekt işlab çiquvçi kompaniyalari aksiyalari sönggi oylarda şiddat bilan pasayib bormoqda.

Xitoyning sunʼiy intellekt pufagi yorila boshladi - OAV
2026-yil iyul oyidan beri Şanxay birjasining STAR50 texnologik indeksi 40 foizga tushib ketdi, uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning kapitallashuvi esa 480 milliard dollarga kamaydi.
«Fond bozori aql bovar qilmas spekulyativ pufakka aylanib qoldi», - deb Reuters agentligi fond menejeri Dun Baoçjenning soʻzlaridan iqtibos keltirdi. Uning taʼkidlashicha, ushbu pufak «ayni paytda yorilmoqda».
Goldman Sachs maʼlumotlariga koʻra, Xitoydagi barcha kompaniyalar bozor kapitallashuvining 42 foizi va savdo aylanmasining 57 foizi sunʼiy intellekt kompaniyalari aksiyalari hissasiga toʻgʻri kelishi vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda.
Masalan, aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO) vaqtida xususiy investorlar tomonidan talab taklifdan 8 ming baravar oshib ketgan robot ishlab chiqaruvchi Unitree kompaniyasining aksiyalari avgust oyida savdolar boshlanganidan buyon ikki baravar arzonlashdi. Chip ishlab chiqaruvchi CXMT kompaniyasining qimmatli qogʻozlari soʻnggi bir oy ichida oʻz qiymatining chorak qismidan koʻprogʻini yoʻqotdi. Oʻtgan yili birjaga chiqish chogʻida narxi mos ravishda 700 va 400 foizga osmonga sakragan MetaX Integrated Circuits hamda Moore Threads Technology chip ishlab chiqaruvchilarining aksiyalari ham iyul oyidan beri ikki baravar arzonlashdi.
Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, aksiyalarning qulashiga bitta aniq sabab yoʻq, bunda bir nechta omillar oʻz taʼsirini oʻtkazgan: yuqori narxlar, soliq majburiyatlari, shuningdek, AQSh yoki boshqa davlatlar maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida Xitoy uskunalaridan foydalanishni taqiqlab qoʻyishi mumkinligi xavfi.
Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar aksiyalarning hozirgi yoppasiga sotilishida hech qanday falokat koʻrmayapti. Xususan, shu oy boshida Goldman Sachs tomonidan eʼlon qilingan yangilangan tavsiyalar roʻyxatida sunʼiy intellekt sohasidagi oʻnlab Xitoy kompaniyalari qatorida Innolight va CXMT ham qayd etilgan. Oʻz navbatida, BNP Paribas Securities eksperti Uilyam Bratton ham bozordagi joriy holat xaridlar uchun yaxshi imkoniyat yaratayotganini taʼkidladi.

