Dunyo

Xitoyda yoruğlikdan qoçuvçi közsiz şilliqqurtning yangi turi topildi

Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi toğ ğorida közsiz, tanasi rangsiz va çiğanoği yarim şaffof bölgan yangi şilliqqurt turi topildi. Mutlaq qoronğilikda yaşaşga moslaşgan bu mollyuska mamlakatda ilk bor qayd etilgan ğorda yaşovçi çuçuk suv şilliqqurti böldi.

Xitoyda yorug‘likdan qochuvchi ko‘r shilliqqurtning yangi turi aniqlandi

Yangi turni Yuysi qishloq xo‘jaligi kasb-texnika kolleji va Nanchan universiteti mutaxassislari Yunnan provinsiyasidagi g‘orni o‘rganish chog‘ida topgan. Tadqiqot natijalari Subterranean Biology ilmiy jurnalida chop etilgan.

Mollyuskaga qadimgi Xitoy mifologiyasidagi tog‘lar homiysi Di Szyan sharafiga Erhaia dijiang nomi berilgan. Afsonalarda Di Szyan yuzsiz mavjudot sifatida tasvirlanadi.

Shilliqqurtlar dengiz sathidan 2062 metr balandlikda topilgan. Bu Erhaiidae oilasiga mansub g‘or shilliqqurtlari uchun hozirgacha qayd etilgan eng baland yashash hududi hisoblanadi. Topilma chuchuk suv shilliqqurtlari ikki kilometrdan balanddagi g‘or tizimlarida ham yashay olishini ko‘rsatdi.

Mitti mollyuskalar yerosti muhitiga to‘liq moslashgan. Ularning ko‘rish a’zolari butunlay yo‘qolgan, tanasida esa rang beruvchi pigmentlar yo‘q. Chig‘anog‘i kichik, konussimon, yupqa va yarim shaffof. Bo‘sh qismidagi ingichka, sezgir paypaslagichlar atrofni sezishga yordam beradi.

Laboratoriya kuzatuvlarida shilliqqurtlarning yorug‘likdan qochishi aniqlangan. Yoritilganda ular toshlar ostidagi qorong‘i tirqishlarga yashirinishga uringan.

Tabiiy muhitda bu jonzotlar g‘or ichidagi sayoz suvlarda, suv tubidagi shag‘al va mayda toshlar orasida yashaydi. Ular uchraydigan joylarda suv chuqurligi bir metrga yetmaydi, harorati esa taxminan 20 daraja atrofida bo‘ladi.

Yomg‘irli mavsumda kuchaygan suv oqimi ba’zi shilliqqurtlarni g‘ordan tashqariga olib chiqishi mumkin. Tadqiqotchilar tashqariga oqib chiqqan namunalarni g‘or og‘zidan ikki metrgacha bo‘lgan masofada topgan. G‘or yaqinidagi ochiq suv oqimlarida esa bu tur vakillari aniqlanmagan.

Laboratoriyada ular toshlar yuzasida o‘sadigan mikroskopik suvo‘tlari bilan oziqlangan. Shuningdek, tadqiqotchilar bergan oddiy baliq yemini ham iste’mol qilgan.

Kashfiyot Sharqiy Osiyoning kam o‘rganilgan yerosti hayvonot dunyosini tadqiq etish uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq yangi turning holati olimlarni jiddiy xavotirga solmoqda.

Dastlabki dala tadqiqotlarida atigi uchta tirik voyaga yetgan shilliqqurt va bitta bo‘sh chig‘anoq topilgan. Yosh shilliqqurtlar esa uchramagan. Turning umumiy soni va tarqalish hududini aniqlash uchun qo‘shimcha izlanishlar zarur.

Shu sababli tadqiqotchilar mintaqadagi boshqa g‘or tizimlarini ham o‘rganishga chaqirmoqda. Ular bu nozik va cheklangan muhitga moslashgan mollyuskalarni asrab qolish uchun maxsus muhofaza choralarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.