Texnologiya

Xitoyda texnika inqilobi: endi robotlarni robotlarning o‘zi ishlab chiqarmoqda

Xitoyda texnologik inqilob yuz bermoqda: endilikda robotlarni robotlarning o‘zi ishlab chiqarmoqda. Xitoyning UBTECH Robotics kompaniyasi dunyodagi birinchi robotlashtirilgan zavod majmuasini ishga tushirdi. Korxona yiliga 10 mingtagacha gumanoid robot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Zavod Xitoy janubidagi Lyuchjou shahrida, ya’ni Guansi-Chjuan muxtor rayonida joylashgan. Uning imkoniyati har 10 daqiqada bittadan robot tayyorlashga yetadi.

Loyiha eng zamonaviy rejalashtirish texnologiyalari va sanoat simulyatsiyasi tizimlariga tayanadi. Ishlab chiqarish jarayonining asosiy jihatlaridan biri shuki, bu yerda robotlar robotlarni yasamoqda. Shu tariqa, Xitoy gumanoid robotlarni laboratoriyada emas, balki zavodda ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.

Zavod 14 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu yerda asosan Walker S va Cruzr seriyasiga mansub aqlli sanoat robotlari ishlab chiqariladi. Majmua Germaniyaning Siemens Digital Industries Software kompaniyasi ishtirokida barpo etilgan. Boshqaruv tizimi jarayonning barcha bosqichlarini, jumladan, buyurtmalarni rejalashtirish, xomashyo yetkazib berish va sifat nazoratini raqamli shaklda to‘liq boshqaradi.

Ishlab chiqarish liniyasida gumanoid robotlarning o‘zi yuklarni tushiradi va materiallarni tashiydi. Har bir yangi tayyorlangan mashina to‘rt soatdan ortiq sinovdan o‘tkaziladi. Haydovchisiz yuk ko‘taruvchilar va mashinalardan foydalanadigan “aqlli” tizim butun zanjirni — qismlarni yig‘ishdan tortib, tayyor mahsulotni sinash va saqlashgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.