Dunyo

Xitoyda farzandini 13 yil enaga qaramogʻida qoldirgan juftlik ota-ona maqomidan mahrum etildi

Xitoyda 13 yil davomida qizini enaga qaramogʻida qoldirgan juftlik ota-onalik maqomidan mahrum etildi

Xitoyning Shansi provinsiyasida sud 13 yil mobaynida qizini enaga qoʻlida qoldirgan juftlikni ota-onalik huquqidan mahrum qildi. Bolani voyaga yetkazgan ayol esa uning rasmiy vasiysi sifatida tan olindi, deb yozadi Wccdaily.

Qiz 2012-yilda tugʻilgan. Oradan ko‘p oʻtmay, ota-onasi uni parvarish qilish uchun Chjan familiyali enagani yollagan. 2014-yilda esa ular bolaga oʻzlari qaray olmasligini bildirib, enagadan qizni vaqtincha Shansidagi uyiga olib ketishni soʻragan.

Enaga qizni ota-onasiga qaytarishga bir necha bor urinib koʻrganiga qaramay, ular bolani olib ketishdan bosh tortgan. 2017-yilgacha juftlik qizining xarajatlari uchun vaqti-vaqti bilan pul yuborib turgan. Biroq sud hujjatlariga koʻra, keyinchalik ular toʻlovlarni butunlay toʻxtatgan va qizining hayoti bilan deyarli qiziqmay qoʻygan.

Huquqiy jihatdan zarur rasmiylashtirish boʻlmagani sababli qiz 13 yil davomida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻta olmagan, maktabda toʻliq rasmiy maqomga ega boʻlmagan va ijtimoiy sugʻurtasiz qolgan. Natijada u hatto yuqori sinfga kirish imtihonlarini topshirish uchun kerak boʻlgan rasmiy tartib-taomillardan ham oʻta olmagan.

Enaga prokuraturaga murojaat qilganidan keyin uning daʼvosi qoʻllab-quvvatlangan. Sud qiz koʻp yillar davomida Chjan bilan yashaganini, uning oilasini oʻz oilasidek bilishini va shu yerda qolishni istashini aniqladi.

Shu tariqa biologik ota-ona vasiylik huquqidan mahrum qilindi, enaga esa qizning rasmiy vasiysi etib tayinlandi. Shundan soʻng mahalliy idoralar qizga zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdi.

Bundan tashqari, ota va ona bolani qarovsiz qoldirganlikda ham aybdor deb topilib, olti oy muddatga axloq tuzatish nazoratiga hukm qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.