Xitoyda deyarli butun yöli köprik va tunnellardan ötadigan magistral qurilmoqda
Xitoyda Çunsin - Kunmin yuqori tezlikdagi temiryöliga rels yotqiziş yakunlandi. Qariyb 700 kilometrlik magistralda poyezdlar soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanişi közda tutilgan. Yönalişning 87,4 foizi köprik va tunnellarga töğri keladi.

Xitoyda deyarli butun yo‘li ko‘prik va tunnellardan iborat bo‘lgan magistral qurilmoqda.
CGTN xabariga ko‘ra, har biri 500 metrlik so‘nggi juft po‘lat rels Sıçuan va Yunnan provinsiyalari chegarasidagi Szyunlyan tunneliga yotqizildi.
Bu ishlar liniyani foydalanishga topshirishga tayyorlashning muhim bosqichi bo‘ldi. Temiryo‘l idoralarining prognoziga ko‘ra, magistralni to‘liq ishga tushirish 2027-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan.
Liniya Chunsindagi Chunsinsi stansiyasini Kunmindagi Kunminnan stansiyasi bilan bog‘laydi. Yo‘nalish Chunsin shahri, Sıçuan, Guychjou va Yunnan provinsiyalari hududidan o‘tadi.
Magistral murakkab geologik sharoitga ega Umenşan tog‘larini kesib o‘tadi. Shu sababli yo‘lning katta qismi ko‘prik va tunnellardan iborat bo‘lib, ularni qurish jiddiy muhandislik vazifalarini hal etishni talab qilgan.
Liniya to‘liq foydalanishga topshirilgach, Chunsin va Kunmin o‘rtasidagi safar vaqti taxminan 2,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.
Chunsin - Kunmin magistrali Pekin - Kunmin temiryo‘l koridorining muhim qismi hisoblanadi. U Xitoyning sakkizta shimol–janub va sakkizta sharq–g‘arb yo‘nalishini qamrab olgan milliy yuqori tezlikdagi temiryo‘l tarmog‘iga kiradi.
Yangi liniya Chendu - Chunsin iqtisodiy klasteri bilan Yunnanning markaziy qismidagi shaharlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishi, savdo va turizm rivojiga yordam berishi kutilmoqda.

