Texnologiya

Xitoy okeanda özi harakatlanadigan 74 ming tonnali ilmiy «orol» qurmoqçi

Xitoyda okean çuqurliklarini uzoq muddat örganişga möljallangan, suv siğimi 74 ming tonnali öziyurar suzuvçi ilmiy platforma quriş böyiça şartnoma tuzildi. Unda oltita laboratoriya va ekipaj hamda tadqiqotçilarni qöşib hisoblaganda, 238 kişi uçun joy böladi.

Xitoy okeanda o‘zi harakatlanadigan 74 ming tonnalik ilmiy «orol» qurmoqchi

Loyiha shu turdagi tadqiqotlar uchun maxsus yaratiladigan dunyodagi ilk suzuvchi sunʼiy «orol» sifatida taqdim etilmoqda. U katta ilmiy majmua imkoniyatlarini kemaning harakatchanligi bilan birlashtirishi kerak.

Platformadan Shanxay Szyao Tun universiteti foydalanadi. Uni loyihalash va qurish Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasi — CSSC tarkibidagi Shanghai Waigaoqiao Shipbuilding kompaniyasiga topshirilgan.

Qurilishni 2028-yilda boshlash, tayyor platformani esa 2030-yil iyunda buyurtmachiga topshirish rejalashtirilgan.

Uzunligi 138, eni 85 metr

Platforma katamaran shaklidagi ikkita korpus va yarim botiq asosiy konstruksiyaga ega bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, uning uzunligi 138 metr, eni 85 metrni tashkil etadi. Maksimal harakat tezligi soatiga qariyb 20 kilometrga yetishi ko‘zda tutilgan.

Ikki korpusli tuzilish ochiq dengizda uzoq vaqt ishlashda barqarorlikni taʼminlashi kerak.

Texnik talablarga ko‘ra, platforma dengiz holatining xalqaro shkalasi bo‘yicha yetti ballgacha bo‘lgan to‘lqinlanishda ishlay olishi lozim. Bunday sharoitda sezilarli to‘lqin balandligi taxminan 6–9 metr bo‘ladi.

Shuningdek, konstruksiya soatiga 260 kilometrdan yuqori barqaror shamol kuzatiladigan kuchli tayfunlarga bardosh berishga mo‘ljallanmoqda.

Platformaning asosiy xususiyatlaridan biri — mustaqil harakatlanish imkoniyati. Bir nuqtaga doimiy mahkamlangan dengiz inshootlaridan farqli ravishda, u ilmiy vazifalarga qarab bir hududdan boshqasiga o‘ta oladi.

Bortdagi laboratoriyalar, yashash xonalari va keng ishchi paluba olimlarga portga tez-tez qaytmasdan, ochiq dengizda uzoq muddat tadqiqot olib borish imkonini berishi kutilmoqda.

Ilmiy majmuada og‘ir dengiz uskunalari va muhandislik tizimlarini sinash, xavfli dengiz hodisalari, meteorologiya hamda okean ekotizimlarining uzoq muddatli o‘zgarishlarini o‘rganish rejalashtirilgan.

Tadqiqotlar katta chuqurliklarda ishlash texnologiyalarini ham, Jahon okeani holatiga taʼsir qiluvchi tabiiy jarayonlarni ham qamrab oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.