Xazonlarni yoqmang, tabiatni va o‘zingizni zaharlamang!
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi dala maydonlarida ang‘iz, xazon, shox-shabba va boshqa o‘simliklar qoldiqlariga

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va o‘zingizni zaharlamang!
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi dala maydonlarida ang‘iz, xazon, shox-shabba va boshqa o‘simlik qoldiqlariga o‘t qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiradi.
O‘simlik qoldiqlari yoqilganda atmosfera havosiga juda katta miqdorda toksik zaharli moddalar — uglerod oksidi (SO), azot oksidi (\(NO_{x}\)), азот 2-оксиди (\(NO_{2}\)), бенз(а)пирен, диоксин, дибензофуран, олтингугурт оксиди, фосген kabi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Bundan tashqari, olovning yuqori harorati ta’sirida tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlar yo‘qoladi, tuproq unumdorligi pasayadi.
Dala maydonlariga o‘t qo‘yish qonun bo‘yicha qat’iy taqiqlangan. Bunday huquqbuzarliklar MJtKning tegishli moddalariga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarimaga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanadi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekkosmos» agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida somonpoyalar yoqilishi holatlarini hamda huquqbuzarlarni aniqlash va ularga qarshi tezkor chora ko‘rish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Dala maydonlaridagi xazonlar va o‘simlik qoldiqlarini yoqmang, atrof-muhit va insonlar salomatligiga zarar yetkazmang! Aksincha, o‘simlik qoldiqlaridan ko‘chatlarni kompostlash, mulchalashda yoki chorvachilik ehtiyojlari uchun foydalaning. Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir.

