Mahalliy

Atmosferaga yuqori miqdorda chang-gaz chiqarayotgan korxona faoliyati to‘xtatildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hududiy bosh boshqarmalari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxshilash, shuningdek,

Atmosferaga katta miqdorda chang-gaz chiqarayotgan korxona faoliyati to‘xtatildi

Xususan, Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi fuqarolardan ohak va g‘isht ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan tutun hamda chang tufayli nafas olish qiyinlashayotgani haqida kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli o‘rganish va nazorat ishlarini olib bordi. Tekshiruvlar jarayonida ohak va g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati nazoratga olinib, mas’ullarga atmosfera havosini muhofaza qilish, belgilangan ekologik me’yorlarga amal qilish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini amaldagi normativ talablar asosida tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxonalarda o‘rnatilgan chang va gaz tozalash uskunalarining samaradorligi o‘rganildi, laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi. Olingan namunalar belgilangan tartibda tekshiriladi hamda tahlil natijalariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Qolaversa, hududlarda aniqlangan 2 ta qo‘lbola ohak pishirish o‘chog‘i bartaraf etilib, qonuniy choralar ko‘rildi.

Bundan tashqari, Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan ham g‘isht ishlab chiqaruvchi "S.M." korxonasida ekologik talablarga rioya etilishi yuzasidan nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish davomida korxona atmosferaga yuqori darajada chang-gaz chiqarayotgani aniqlanib, faoliyati vaqtincha to‘xtatildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Reyd tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.