Xatirçida ekopolitsiya dölana terganlarni jarimaga tortdi
Ekopolitsiya reyd ötkazib, tumanning Angidon mahallasida ikki kişi dölana terganini aniqlagan. Ularga 7 mln 480 ming söm jarima tayinlangan. Şuningdek, dölana terganlar tabiatga 1 mln söm zarar yetkazgan, deb topilgan.

Xatirchida ekopolitsiya dölana terganlarni jarimaga tortdi
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tog‘da dölana tergan shaxslar jarimaga tortildi.
Maʼlum qilinishicha, Xatirchi tumani ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi ekopolitsiya xodimlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazilgan. Unda Angidon mahallasi hududida ikki kishi tegishli ruxsatnomasiz dölana mevalarini yig‘ib, olib ketayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Ş.S. va Yo.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-1-moddasi (o‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish) 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
“Huquqbuzarlardan biriga BHMning 10 baravari, ikkinchisiga esa 7 baravari miqdorida, jami 7 mln 480 ming so‘m maʼmuriy jarima belgilandi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 1 mln 3 ming so‘m etib hisoblandi”, deyiladi xabarda.
Endi dölana terganlar “huquqbuzarlar“ qariyb 7,5 mln so‘m jarima va 1 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zararni to‘lashi kerak bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan maxsus foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.
Bundan bir necha yil avval Navoiyda ekologlar echkisi tut bargini yegan shaxsni 2,6 mln so‘mga “tushirishgani” eʼtirozlarga sabab bo‘lgandi.

