Mahalliy

Toşkentda havoni ifloslantirayotgan issiqxona egasiga jarima solindi

Issiqxona qozonxonasida ekologik talablarga rioya qilmagan holda kömir yoqilayotganligi va qozonxonaga örnatilgan filtr nosoz holatda ekanligi aniqlandi.

Toşkentda havoni ifloslantirgan issiqxona egasiga jarima qo‘llandi

Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Toşkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan reyd chog‘ida «Yuqori Darxon» mahallasi hududida tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani aniqlandi.

Xususan, issiqxonalardan birining qozonxonasida ekologik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘mir yoqilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, qozonxonaga o‘rnatilgan filtr nosoz holatda bo‘lib, bu atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini yuzaga keltirgan.

Aniqlangan qoidabuzarlik sababli filtr soz holatga keltirilgunga qadar issiqxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq jarima qo‘llanildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.