Xarkivda köp kvartirali uyga dron zarbasi berildi
28-oktabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlarining Xarkivga hujumida tört kişi, jumladan, tört yoşli bola jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga köra, uç nafar jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan.

Xarkivda ko‘p qavatli uyga dron zarbasi berildi
Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov shaharning Osnovyan tumanida ikki qavatli ishlab chiqarish binosi, ikki qavatli ko‘p kvartirali uy va bir qavatli turarjoyda yong‘in chiqqanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida 32 va 65 yoshli ikki ayol, 56 yoshli erkak hamda to‘rt yoshli o‘g‘il bola yaralangan. Ularning uch nafariga shifoxonada yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan.
Xarkiv meri Igor Terexov ham Rossiya droni ko‘p kvartirali turarjoyga urilganini tasdiqladi. U dastlabki ma’lumotlarga tayanib, bino ichida odamlar chiqolmay qolganini bildirdi.
Shu kecha Ukraina Havo kuchlari Bryanskdan Kiev tomon ballistik qurol qo‘llanishi xavfi haqida ogohlantirgan, keyinroq esa bu xavf bekor qilinganini ma’lum qilgan.
Havo kuchlari xabarlariga ko‘ra, Xarkiv va Dnipropetrovsk viloyatlari, shuningdek, Kiev va uning viloyati yo‘nalishida reaktiv dronlar hamda boshqariladigan aviabombalar qo‘llangan hujumlar davom etgan.

