Dunyo

Rossiya Xarkiv va Kiyevga zarba berdi: kamida 5 kishi halok boʻldi

Rossiyaning Xarkiv va Kiyevga hujumlari oqibatida, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jami 5 kishi halok boʻldi, 22 kishi jarohatlandi. Xarkivda raketa toʻrt qavatli turarjoyga urilgan, vayronalar ostida odamlar qolgan boʻlishi mumkin.

Rossiya Xarkiv va Kiyevga hujum qildi: kamida 5 kishi hayotdan koʻz yumdi

DW maʼlumotiga koʻra, 13-oktabrga oʻtar kechasi Rossiya Ukrainaga yana keng miqyosli zarba bergan. Xarkiv meri Igor Terexov shaharda 3 kishi halok boʻlgani va yana 11 kishi jarohat olganini bildirgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining xabar berishicha, zarbalar Xarkivning Xolodnogorsk va Shevchenko tumanlaridagi turarjoy mavzelari hamda fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga tushgan.

Raketalardan biri toʻrt qavatli uyga tegib, uning bir podyezdini toʻliq vayron qilgan. Vayronalar ostida odamlar qolgan boʻlishi mumkinligi sababli qutqaruv ishlari davom etmoqda.

12-oktabr oqshomida Rossiya qoʻshinlari Kiyevga ham ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qilgan.

Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Darnitsa tumanida dron 25 qavatli uyning 12–16-qavatlari oraligʻiga urilgan. Hujum natijasida 2 kishi halok boʻlgan, yana 11 kishi jarohatlangan.

Kiyev shahar prokuraturasiga koʻra, halok boʻlganlar — 59 yoshli ayol va hujumga uchragan koʻp qavatli uy yonidagi avtomobilda boʻlgan yana bir kishi.

Kiyevga ballistik raketalar bilan takroriy zarba ham berilgan. Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari Rossiya hududidan raketalar uchirilgani haqidagi maʼlumot oʻz vaqtida kelib tushmagani sababli havo hujumi xavfini oldindan eʼlon qila olmaganini bildirgan.

Harbiylarning maʼlum qilishicha, ballistik nishonlar radarlar orqali bevosita Kiyevga hujum vaqtida aniqlangan. Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.