Uzum Avto to‘rtta avtomobilni 300 mln so‘mdan sotib oladi
'300 million so‘mlik avtomobil' aksiyasi doirasida Uzum Avto to‘rtta haydalgan avtomobilni har birini 300 mln so‘mdan xarid qiladi. G‘oliblar 20 va 27-noyabr, 4 va 11-dekabr kunlari aniqlanadi, har haftalik natijalar esa servisning Instagram sahifasida e’lon qilinadi.

Uzum Avto to‘rtta avtomobilni 300 mln so‘mdan xarid qiladi
1-noyabrdan 11-dekabrga qadar Uzum Avto “300 million so‘mlik avtomobil” aksiyasini o‘tkazadi. Servis avtomobil egalaridan to‘rtta haydalgan avtomobilni har birini 300 million so‘mdan — ularning bozor qiymati va e’londa ko‘rsatilgan narxidan qat’i nazar sotib oladi. Aksiyada qatnashish uchun 6-dekabrga qadar e’lon joylashtirish lozim.
Har dushanba kuni tizim tasodifiy ravishda 10 ta e’lonni tanlaydi va ularning aksiya shartlariga mosligini tekshiradi. Avtomobil texnik jihatdan soz va harakatlanishga yaroqli bo‘lishi, kamida bir oy avval amaldagi egasi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi, shuningdek, jarimalar va taqiqlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Payshanba kuni soat 16:00 ga qadar 1 dan 10 gacha raqamlangan e’lonlar ro‘yxati aksiya sahifasida va Uzum Avto’ning Instagram sahifasida e’lon qilinadi.
Juma kuni g‘olib Markaziy bank belgilagan AQSh dollarining rasmiy kursi asosida aniqlanadi: verguldan oldingi oxirgi raqam e’lon raqamiga to‘g‘ri keladi, 0 raqami esa 10-raqamli e’loni anglatadi. Valyuta kursini Markaziy bank belgilagani uchun natijaga ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Aksiyada o‘zining yurilgan yengil avtomobilini sotayotgan O‘zbekistonning voyaga yetgan fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Dilerlar, avtosalonlar va olib-sotarlar qatnashishga qo‘yilmaydi. E’londagi avtomobil narxi 300 mln so‘mdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Natijalar soat 18:00 ga qadar Uzum Avto’ning Instagram sahifasida e’lon qilinadi. Barcha ro‘yxatlar va har haftalik natijalar bilan ham shu yerda tanishish mumkin. G‘oliblar 20 va 27-noyabr, 4 va 11-dekabr kunlari aniqlanadi. Har haftalik ro‘yxatlarga kiritilgan barcha ishtirokchilar Uzum Market’da xarid qilish uchun 1 million so‘mlik promokodga ega bo‘ladi.

