Iqtisodiyot

Avtomobillarni boshlang‘ich to‘lovsiz sotuvga chiqarish rejasi yo‘q — UzAuto Motors

Tarmoqlarda Chevrolet Damas, Cobalt, Tracker va Onix avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz, bo‘lib to‘lashga sotuvga chiqarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu axborotni rad etib, Gazeta`ga hozirda birorta model bo‘yicha bunday sotuvlar rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Avtomobillarni boshlang‘ich to‘lovsiz sotuvga chiqarish rejasi yo‘q — UzAuto Motors

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Damas, Cobalt, Tracker va Onix avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz, bo‘lib to‘lash asosida sotuvga chiqarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors matbuot xizmati bu ma’lumotlar haqiqatga mos emasligini bildirdi.

“Hozir mashina olishga shoshilmay turinglar… 0 foizli „rassrochka“ ochiladigan bo‘ldi. Boshidan ham umuman to‘lov qilmaysizlar. Qolganini ham oyma-oy o‘zini pulini bo‘lib to‘lab berasizlar. Bosh to‘lovsiz ochiladi, Xudo xohlasa, yaqinda.

UzAuto Motors matbuot xizmatining Gazeta`ga qo‘shimcha qilishicha, hozircha biror model bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotuvga chiqarish rejasi yo‘q.

Kompaniya jamoatchilik vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan hamda aholini chalg‘ituvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 7-oktabrdan Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini banklar ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotishni boshlagan.

Cobalt uchun boshlang‘ich to‘lov 50%, Damas uchun 30%. Kompaniya bu sotuvda mashinalar soni cheklanganini bildirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.