UZCARD xayriya tashabbusi doirasida koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatladi
Yangi oʻquv yili arafasida hamda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan UZCARD toʻlov tizimi VAQF jamoat xayriya fondining koʻmakka muhtoj oilalar farzandlariga yordam berishga qaratilgan ijtimoiy tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

UZCARD xayriya aksiyasi doirasida ehtiyojmand oilalarning farzandlariga yordam ko‘rsatdi.
Ushbu tashabbus orqali O‘zbekistonning turli hududlaridan, jumladan, Toshkent shahridan jami 490 nafar maktab o‘quvchisi maktab formasi, poyabzal va o‘quv qurollari to‘plamlari bilan ta’minlandi. Bu yordam yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatning bir qator hududlarida amalga oshirildi.
Bundan tashqari, UZCARD maktab o‘quvchilariga sovg‘a to‘plamlariga kiritilgan o‘z brendiga ega ryukzaklarni ham taqdim etdi.
«Yangi o‘quv yilining boshlanishi har bir maktab o‘quvchisi uchun muhim bosqichdir. Biz uchun qo‘shimcha ko‘makka muhtoj bolalarning yangi o‘quv yilini ishonch bilan boshlashiga yordam beradigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlanayotgan yilda biz mamlakatimiz kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.
UZCARD uchun bunday loyihalarda ishtirok etish – oilalarni qo‘llab-quvvatlash va bolalarning yangi o‘quv yilini zarur maktab anjomlari hamda ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olishiga yordam berish imkoniyatidir.
Ijtimoiy tashabbuslar UZCARD faoliyatining muhim qismi bo‘lib, kompaniyaning jamiyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
Barcha maktab o‘quvchilariga muvaffaqiyatli o‘quv yili, yangi bilimlar, yorqin kashfiyotlar va ulkan yutuqlar tilaymiz!»

