Mahalliy

O‘zbekistonda 1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv qurollarining ortiqcha qismi kelgusi yilda ham ishlatiladi. Bu haqda hukumatning 24-avgustdagi qarorida ko‘rsatilgan.

Qarorga binoan, Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 5-3-band bilan to‘ldiriladi. Unda aytilishicha, joriy o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilari soniga mos ravishda tarqatilgan o‘quv qurollari to‘plamidan ortib qolgan qismi keyingi o‘quv yili uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda hisobga olinadi.

Shu bilan birga, keyingi o‘quv yiliga qadar yaroqlilik muddati tugaydigan o‘quv qurollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga bepul beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi. “Prezident sovg‘asi” 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, 2 ta oddiy qalam, rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, 2 ta o‘chirg‘ich, rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim va qalamdon kiritilgan.

O‘zbekiston maktablarida 2026/27-o‘quv yili 2-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.