O‘zbekistonda 13 mingdan ortiq bolaga maktab formasi va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi

O‘zbekistonda 13 mingdan ziyod bolaga maktab formasi va o‘quv anjomlari tuhfa etildi.
Mamlakat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalardagi 13 000 dan ortiq o‘quvchiga maktab formasi va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, respublikadagi 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari hadya etildi.
Ushbu xayriya aksiyasi doirasida ko‘rsatilgan yordamning umumiy qiymati 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2026-yilda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari, maktab formalari va o‘quv qurollari taqdim etildi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchiga yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston maktablarida 2026/27-o‘quv yili 2-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi. Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi.

