Dunyo

Urugvay osmonida ikkita samolyot havoda toʻqnashib ketdi. Bir uchuvchi halok boʻldi

Urugvay osmonida ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Bir pilot halok boʻldi

Urugvayda visshiy pilotaj boʻyicha mashgʻulotlar paytida havoda ikkita kichik samolyot toʻqnashib ketishi oqibatida pilot halok boʻldi. Hodisa 28 oktyabr kuni Kanelones departamentidagi Guasuvira hududida yuz berdi. Samolyotlardan biri majburiy qoʻnishni amalga oshirdi, ikkinchisi esa oʻrmonzorga qulab tushdi.

Halok boʻlgan shaxs Urugvay Harbiy-havo kuchlarining sobiq harbiy xizmatchisi, 58 yoshli Daniel Ubilos boʻlib chiqdi. U toʻqnashuvdan soʻng yerga qulab tushgan Rihn DR-109 samolyotini boshqarayotgan edi. Ikkinchi samolyot piloti Green aerodromiga qaytib, havo kemasini qoʻndirishga muvaffaq boʻldi; mahalliy OAV maʼlumotlariga koʻra, u jismoniy jarohat olmagan, ammo shok holatida boʻlgan.

Ikkala pilot ham yaqin kunlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbir oldidan visshiy pilotaj elementlarini mashq qilayotgan edi. Pilotaj guruhi vakilining xabar berishicha, qulashdan oldin samolyotlar bir-biriga tegib ketgan. Halokatning rasmiy sabablari hozircha aniqlanmagan.

Hodisa joyida politsiya xodimlari hamda Fuqaro aviatsiyasi aviatsiya hodisalari va intsidentlarini tekshirish kengashi mutaxassislari ish olib bordi. Tekshiruvni Urugvay HHK olib bormoqda.

Bir kun avval Ispaniyada ikkita jүyrik poyezdning toʻqnashuvi oqibatida kamida 50 kishi halok boʻldi, yana 179 dan ortiq kishi jarohat oldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.