Dunyo

«Kiyevdan keting!»: Rossiya katta hujumdan ogohlantirdi – hafta dayjesti

Hafta davomida insoniyat yana 11-sentabr dahshatini his qildi, dunyoni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin boʻlgan hodisaning oldi olindi. Islom olamining muqaddas shahri Madinada dron portladi. Urush nafasi endi eng mahram yerlargacha yetib bordi. Insoniyat koinotni zabt etayotgan bir vaqtda dunyoning eng katta davlatlari xuddi oʻtgan asrga qaytgandek «solyarka» boʻyicha kelishuvga erishdi.

«Kiyevdan keting!»: Rossiya katta hujumdan ogohlantirdi – hafta dayjesti

Hafta davomida dunyo yana 2001-yil 11-sentabr voqealarini eslab, bir zumga larzaga keldi. Flydubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 MAX samolyoti Dubaydan Tel-Avivga isroilliklarni olib ketayotganda keskin pastlab, yerga «samolyotni egallashga urinish boʻlgani» haqida signal yubordi. Isroil darhol qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi va uchoqni qidirishga tushdi, shu payt bort bilan aloqa qayta tiklandi.

Keyin maʼlum bo‘lishicha, o‘monlik ikkinchi pilot hindistonlik kema kapitaniga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan va havo kemasi boshqaruvini qo‘lga olishga uringan. Biroq kapitan qarshilik ko‘rsatib, qonga belangan holatda kabinani ochishga muvaffaq bo‘lgan. Janjal shovqinini eshitgan eshik oldidagi yo‘lovchilar tezda ichkariga kirib, kapitanni o‘ldirishga uringan uchuvchini zararsizlantirgan.

Ikkinchi uchuvchi boshqaruv qurilmasini ishdan chiqarishga ham urinib ko‘rgan. Samolyotda aviakompaniyaning mehnat safariga ketayotgan boshqa uchuvchilari ham bo‘lgan va ular boshqaruvni qo‘lga olib, keskin pastlash oqibatida dum qismiga zarar yetgan uchoqni Saudiya Arabistonidagi Tabuk aeroportiga qo‘ndirgan.

Keyin yo‘lovchilar Flydubai’ning evakuatsiya reysi orqali Tel-Avivga olib ketildi. Isroil bu hodisani teraktga urinish deb baholadi. BAA prokuraturasi ham samolyotni olib qochish va teraktga urinish bo‘lganini rasman maʼlum qildi. Ikkinchi pilot Saudiya Arabistonidan BAAga tergov uchun olib ketilgan.

Yamandagi vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Hukumat Eron qo‘llovidagi husiychilar shialar guruhiga qarshi kurash uchun umummilliy safarbarlik eʼlon qildi. Chunki «Ansoralloh» mamlakatning eng strategik nuqtasi bo‘lgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi sohillarini egallash yo‘lida katta qadamlar tashladi. Unga tutash sohillar va baʼzi orollar nazoratga olindi. Bundan tashqari, hukumat kuchlarini qo‘llovchi Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar berildi. Hozircha Saudiya bunga javoban hech narsa qilgani yo‘q, biroq husiychilar «ularga qarshi katta hujum tayyorlanayotgani»ni aytmoqda.

29-sentabr tongida Arabistondagi muqaddas Madina shahridagi Taibah elektr taqsimlash stansiyasiga dron urilib, portlash yuz berdi. Saudiya tomoni hujumda Yaman husiychilarini aybladi, ammo shialar guruhi bu ayblovni keskin rad etib, «ular islom olamining muqaddas shaharlariga hujum qilmasligini» bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.