Mahalliy

«Urganch — Xiva» yoʻlida yengil avtomobillar va mototransport uchun yoʻl haqi kamaytirildi

Oʻzbekiston Transport vazirligi «Urganch — Xiva» pullik yoʻlidan foydalanishning vaqtinchalik qoidalarini tasdiqladi. Yengil avtomobillar va mototransport uchun tarif avval taklif qilinganiga nisbatan uchdan birga kamaytirilib, 17,6 ming soʻm etib belgilandi.

«Urganch — Xiva» yoʻlidan yengil mashinalar va mototransport vositalari uchun oʻtish haqi kamaytirildi

Transport vazirligi avgust oyi oxirida ochilgan «Urganch — Xiva» (T-001) pullik avtomobil yoʻlidan foydalanishning vaqtinchalik qoidalarini tasdiqladi. 2 oktyabrdan kuchga kirgan hujjatda, jumladan, ushbu yoʻldan oʻtish tariflari ham belgilangan.

Ular bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) foizlarida ifodalangan. Yengil avtomobillar va mototransport vositalari uchun tariflar avval taklif qilinganidan uchdan bir qismga pastroq boʻldi. Boshqa turdagi transport vositalari uchun ular oʻzgarishsiz qoldi.

Amaldagi 440 ming soʻmlik BHM bilan yoʻl haqi quyidagicha:

Vaqtinchalik qoidalar Vazirlar Mahkamasi pullik avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qilguniga qadar amal qiladi.

Hujjatga koʻra, yoʻl haqini elektron shaxsiy hisobvaraq orqali, toʻlov undirish punktida yoki kechiktirilgan toʻlovni qoʻllagan holda toʻlash mumkin. Toʻsiqsiz tizimda avtomobil toʻxtamasdan oʻtishi mumkin — uning davlat raqami va oʻtish vaqti avtomatik ravishda qayd etiladi.

Agar haydovchi kechiktirilgan toʻlov usulini tanlasa, unga bildirishnoma yuboriladi, shundan soʻng qarzdorlikni toʻlash uchun 5 ish kuni beriladi. Toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, operator sudga murojaat qilishga haqli. Bundan tashqari, texnik koʻrikdan oʻtish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, boshqa shaxsga oʻtkazish, Oʻzbekistondan olib chiqib ketish va boshqa yuridik harakatlarni cheklash uchun maʼlumotlar boshqa davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.

Pullik yoʻlda ogʻir va yirik hajmli transport vositalari, xavfli yukli transport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi, maxsus qurilish texnikasi va mexanizmlari, velosipedlar, mopedlar va dvigatel hajmi 25 kub sm gacha yoki quvvati 0,25 kVt gacha boʻlgan skuterlar, piyodalar, shuningdek, shatakka olingan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.