Dunyo

Ukrainada yordam tarqatilayotgan maktabga zarba oqibatida 24 kişi halok böldi

Ukraina rasmiylari maʼlumotiga köra, Zaporijjya viloyatidagi Kamişevaxa şaharçasida gumanitar yordam tarqatilayotgan maktabga Rossiya zarbalari oqibatida 24 kişi halok bölgan. Yana 20 dan ortiq kişi bedarak yöqolgan hisoblanadi. Qurbonlar orasida ikki qutqaruvçi va tört politsiya xodimi ham bor.

Ukrainada yordam tarqatilayotgan maktabga uyushtirilgan zarba natijasida 24 kishi halok bo‘ldi

DW yozishicha, Zaporijjya viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Mixail Semikin 2-noyabr kuni hujum oqibatlari haqida maʼlumot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Zaporijjya shahridan janubi-sharqda joylashgan Kamişevaxa markaziga kamida to‘qqizta FAB-3000 boshqariluvchi aviabombasi bilan zarba bergan.

Semikin halok bo‘lganlar xotirasiga 3-noyabrni motam kuni deb eʼlon qilgan.

Qutqaruvchilar va politsiya xodimlari ham halok bo‘lgan

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati qurbonlar orasida ikki qutqaruvchi va to‘rt politsiya xodimi borligini bildirgan. Yana besh kishi jarohatlangan, ularning ikki nafari ham qutqaruvchilardir.

Idora rahbari Andrey Danikning maʼlum qilishicha, zarbalar oqibatida sport zali va xo‘jalik binosi vayron bo‘lgan. Taʼlim muassasasi binosi shikastlangan, yong‘in-qutqaruv avtomobili esa yo‘q qilingan.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kiyev odamlar yashiringan boshpanaga ham zarba berilganini bildirdi

Ukraina bosh vaziri Sergey Koretskiyning maʼlum qilishicha, Rossiya harbiylari ertalab gumanitar yordam tarqatilayotgan maktabga aviabombalar tashlagan.

Uning Telegram’dagi yozishicha, odamlar boshpanaga yashiringanidan keyin yana zarba berilgan — bu safar boshpanaga yana to‘qqizta aviabomba tashlangan.

Koretskiy takroriy hujum xavfi voqea joyida odamlarni qidirish va qutqarish ishlarini qiyinlashtirayotganini taʼkidlagan.

Zelenskiy dunyoni qatʼiy javob berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kamişevaxaga zarbalarni «Rossiya keskinlikni pasaytirishni ham, haqiqiy adolatni ham istamayotganining yana bir isboti» deb atagan.

Uning taʼkidlashicha, zarba gumanitar maqsadlarda foydalanilayotgan maktabga berilgan. Binoda aholiga yordam tarqatilgan va Rossiya harbiylari «buni bilmasligi mumkin emas edi», degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Oleşkidagi gumanitar operatsiyadan keyin tinchlikka yaqinlashish mumkinligini ko‘rsatadigan navbatdagi qadamlar uchun imkoniyat paydo bo‘lganini aytgan. Uning fikricha, Kamişevaxaga hujum buning aksiga ishora qilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.