Dunyo

Rossiya Zaporojyega aviabombalar bilan zarba berdi, 24 kishi halok bo‘ldi (video)

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya gumanitar yordam tarqatilayotgan maktabga zarba berganini aytib, hujum oqibatlari aks etgan videoni ulashdi.

Rossiya Zaporojyega aviabombalar bilan hujum qildi, 24 kishi halok bo‘ldi (video)

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Kamishevaxa posyolkasiga aviabombalar bilan zarba berdi. Natijada 18 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. Keyinroq Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati qurbonlar soni 24 kishiga yetganini bildirdi.

Zelenskiyning aytishicha, hujum gumanitar maqsadlarda foydalanilayotgan maktabga qaratilgan bo‘lib, u yerda mahalliy aholiga insonparvarlik yordami tarqatilardi.

“Birinchi zarbadan so‘ng odamlar yashiringan boshpanaga yana to‘qqizta aviabomba tashlandi”, — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari Kamishevaxada qolgan aholi har hafta aynan shu yerda gumanitar yordam olishini bilmasligi mumkin emas.

Zelenskiy bu hujum Rossiya vaziyatni yumshatish va tinchlikka erishish niyatida emasligini ko‘rsatishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oleshkidagi gumanitar operatsiyadan so‘ng tinchlikka erishish uchun umid paydo bo‘lgan, biroq Rossiyaning hujumi buning aksini ko‘rsatmoqda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, zarbadan keyin 27 kishi bedarak yo‘qolgan.

Rossiya va Ukraina Oleshki hududida tinch aholini evakuatsiya qilish va gumanitar yordam yetkazish uchun vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. Otashkesim 27-oktyabrdan 1-noyabr soat 22:59 gacha davom etdi. AFP ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina otashkesim muddatini uzaytirishni taklif qilgan, biroq Rossiya bunga rozi bo‘lmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.