Dunyo

Sumi markazidagi maktab dars paytida zarbaga uchradi

Rossiya qoʻshinlari 29-sentabr kuni Ukrainaning Sumi shahridagi turar joylar va maktabga boshqariladigan aviabombalar bilan zarba berdi. Ukraina rasmiylariga koʻra, xususiy uylarga hujum oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, bolalar yaralangan. Shaharning markaziy qabristoni ham zarbaga uchragan.

Sumi markazidagi maktab dars vaqtida zarbaga uchradi

DW xabariga ko‘ra, Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov shahardagi turar joylar va maktabga to‘rtta boshqariladigan aviabomba tashlanganini bildirgan. Xususiy uylar joylashgan hududda ikki kishi halok bo‘lgan.

Viloyat politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, xususiy turar joylar hududida 3, 6 va 15 yoshli uch bola jarohatlangan. Kamida yettita xonadon zarar ko‘rgan.

Shahar markazidagi maktabga zarba darslar paytida berilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, hujum vaqtida o‘quvchilar va o‘qituvchilar panohgohda bo‘lgan. Jami qariyb 100 kishi panohgohga evakuatsiya qilingan.

Maktabga hujumdan keyin olti kishi, jumladan, uch bola tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Sumidagi markaziy qabristonga ham aviabomba bilan zarba bergan. «Suspіlne Sumi» nashrining yozishicha, hujum oqibatida qabrlar zarar ko‘rgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.