Uitkoff Putinni «insonparvar» deb atadi
Uning soʻzlari amerikalik kongressmennlarni gʻazablantirdi. Tramp va Vens uni oqlashga harakat qilmoqda.

Uitkoff Putinni «insonparvar» deb atadi
AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 21-oktabr kuni Sankt-Peterburgga yetib keldi va RF prezidenti Vladimir Putin bilan urushni tugatish masalasida muzokaralar olib bordi. Uchrashuv boshida Putin AQSH fuqarosi bo‘lgan, Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilgani uchun Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan Stiven Habbardni ozod qilganini ma’lum qildi. Uitkoff bunga javoban Putinni «gumanist» deb atadi — bu esa Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab yuqori martabali siyosatchilarga, jumladan Donald Trampning partiyadoshlariga ham, mutlaqo ma’qul kelmadi. Tramp va uning vitse-prezidenti Vens Uitkoffni himoya qildi.
(Putinga) Siz prezident Trampning insonparvarligi haqida juda ko‘p gapirasiz. O‘zingiz ham gumanistsiz, ser, buning uchun sizga tan beraman.
Vladimir Putin — bizning do‘stimiz emas, gumanist ham emasligi aniq. Uning Ukrainadagi begunoh tinch aholiga qilayotgan tinimsiz hujumlari uning inson hayotiga butkul befarq ekanini ko‘rsatadi. Xushomad bilan bu urushga nuqta qo‘yib bo‘lmaydi. Bunga faqat bosim orqali erishish mumkin.
[Uitkoff]dan yana bir sharmandalik.
Bu nimasi, Stiv? «Gumanist» so‘zining ma’nosini tushunib ol. Qanchalar sharmandali va jirkanch bayonot. Sen Ukrainaga qaytib, Putin o‘g‘irlab ketgan va o‘ldirib yuborgan bolalar oilalaridan do‘sting Putin — «gumanist» ekani haqidagi fikrga qanchalik qo‘shilishini so‘rashing kerak.
Yo‘q, Putin gumanist emas, balki sovuqqon qotildir.
Vladimir Putin — harbiy jinoyatchi. U — minglab ukrainlarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan shafqatsizlik bilan o‘ldirgan diktator. Uitkoffning bu so‘zlari jirkanch va sharmandali.

