Layfstayl

“U dushman deb ataydi — yurtga umri fidoni, u mansabni taniydi, tanimaydi Xudoni”. Rauf Parfining she’rlaridan test

“Adashgan ruh” dostoni, “Tavba”, “Sukunat” va “Xotirot” singari she’riy to‘plamlar muallifi Rauf Parfi tavalludiga 27-sentabrda 83 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq shoirining she’rlari asosida test tayyorladi.

“U dushman deb ataydi — yurtga umri fidoni, u mansabni taniydi, tanimaydi Xudoni”. Rauf Parfi she’rlaridan test

Rauf Parfi taxallusi bilan ijod qilgan Tursunali Parfiyev 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyatidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Maktabni bitirgach, u 1960−1965-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetida tahsil olgan.

Shoir ijodi davomida Kinematografiya davlat qo‘mitasida, “Yozuvchi” nashriyotida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida hamda “Oydin” gazetasida muharrir sifatida ishlagan.

1968-yilda uning “Karvon yo‘li”, 1970−1976-yillarda esa “Aks-sado”, “Tasvir”, “Xotirot” va “Ko‘zlar” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. 1981−1986-yillarda “Qaytish” va “Sabr daraxti” kitoblari taqdim qilingan. “Sukunat” to‘plami 1991-yilda, “Tavba” esa 2001-yilda chop etilgan.

Bayron, Nozim Hikmat va Karli Kaladze kabi ijodkorlar asarlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan shoir 2005-yil 28-martda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.