Layfstayl

Test: Shavkat Rahmonning she’rlarini bilasizmi?

'Rangin lavhalar', 'Yurak qirralari' va 'Uyg‘oq tog‘lar' singari she’riy to‘plamlar muallifi Shavkat Rahmon tavalludiga 12-sentabrda 76 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta ijodkorning she’rlari asosida test tayyorladi.

Test: Shavkat Rahmonning she’rlarini bilasizmi?

Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentabrda O‘sh shahrida dunyoga kelgan. 1966-yilda o‘rta maktabni tamomlagan ijodkor Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Shoirning dastlabki she’rlari O‘sh viloyati gazetalarida e’lon qilingan bo‘lib, uning “Rangin lavhalar” nomli ilk she’riy to‘plami 1978-yilda chop etilgan.

1981-yilda “Yurak qirralari”, 1983−1984-yillarda esa ketma-ket “Ochiq kunlar” va “Gullayotgan tosh” kitoblari nashr qilingan. 1986−1988-yillarda “Uyg‘oq tog‘lar” hamda “Hulvo” kabi she’riy to‘plamlari bosmadan chiqqan. Ispan shoiri Garsia Lorkaning she’rlarini tarjima qilgan Shavkat Rahmonning “Saylanma”si u vafotidan keyin — 1996-yildan so‘ng taqdim etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.