Mahalliy

Turkiyaning yirik savdo tarmoği Özbekiston bozoriga kirişi mumkin

Turkiyaning yirik çakana savdo tarmoğini Özbekistonga olib kiriş masalasi prezident Şavkat Mirziyoyevning Anadolu Group holdingi rahbari bilan uçraşuvida muhokama qilindi. Şuningdek, «SamAvto»ni modernizatsiya qiliş hamda göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş istiqbollari körib çiqildi.

Turkiyaning yirik savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Anqarada Anadolu Group holdingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi.

Uchrashuvda Samarqanddagi «SamAvto» korxonasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari va eksport mahsulotlari hajmini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Muloqotda chakana savdo sohasidagi hamkorlik bilan birga, O‘zbekistonda chorvachilik majmuasini barpo etish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Holdingning O‘zbekistonda salqin ichimliklar ishlab chiqarish va avtomobilsozlik sohalariga kiritgan yirik investitsiyalari mamlakatdagi islohotlarga ishonch ifodasi ekani ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.