Mahalliy

Şavkat Mirziyoyev elektromobillar uçun quvvatlaş stansiyalari qurişni muhokama qildi

Özbekistonda elektromobillar uçun quvvatlaş stansiyalarini taşkil etiş va yangi elektr uzatiş tarmoqlarini barpo etiş masalalari Turkiyaning EKSIM Holding kompaniyasi bilan muhokama qilindi. Şuningdek, energetika, geologiya va toğ-kon sanoatidagi loyihalarni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi.

Şavkat Mirziyoyev elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari qurilishini muhokama qildi

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Şavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida EKSIM Holding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati, infratuzilma hamda oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mamlakatda yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish va geologiya yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashdi.

Şavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.