Turkiyaning OYAK kompaniyasi Yangi Toşkentda uylar qurişga tayyor
Turkiyaning OYAK kompaniyasi Yangi Toşkentda turar joy majmualari va taşqi infratuzilma obyektlari qurilişida iştirok etişga tayyorligini bildirdi. Kompaniya Özbekistonda kimyo sanoati, geologiya va quriliş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga ham qiziqmoqda.

Turkiyaning OYAK kompaniyasi Yangi Toshkentda uylar qurishga tayyor
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida OYAK kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalçintaşni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Yalçintaş kimyo sanoati, geologiya va qurilish yo‘nalishlarida hamkorlikka qiziqish bildirganini, shuningdek, Yangi Toshkentdagi turar joy va tashqi infratuzilma obyektlari qurilishida faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Prezident bu jarayonda ishbilarmon doiralar muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

